09:55 / 05.08.2015
2465

AQSh xalqaro fazo stansiyasida Xitoy tomonidan tayyorlangan tajriba o‘tkazmoqchi

Amerikalik mutaxassislar xalqaro fazo stansiyasida birinchi marta Xitoy olimlari tomonidan tayyorlangan tajribani o‘tkazmoqchi. Houston Chronicle gazetasining yozishicha, bu boradagi kelishuv Texasning NASA bilan faol hamkorlik qiluvchi NanoRacks kompaniyasi va Pekin texnologiya instituti o‘rtasida tuzilgan.

Tajribadan ko‘zlangan maqsad fazo radiatsiyasining inson DNKsiga ta'sirini o‘rganishdan iborat. U keyingi yil stansiyaning AQShga tegishli segmentida o‘tkaziladi. Ta'kidlanishicha, tajriba uzoq fazoga uchiriladigan uzoq muddatli parvozlar ekipajini hozirlashda muhim o‘rin tutishi mumkin.

AQSh kompaniyasi stansiyaga Dragon yuk kemasi bortida XXRda tayyorlangan uskunaning yetkazilishini ta'minlaydi, uning natijalarini esa pekinlik tadqiqotchilarga yetkazadi. Xitoy bu xizmatlar uchun kompaniyaga 200 ming dollar to‘laydi.

Top