09:08 / 05.08.2015
2548

YeChLning 3-saralash bosqichida "Ayaks" turnirni tark etdi

4 avgust kuni Yevropa Chempionlar ligasining 3-saralash javob o‘yinlari o‘tkazildi.

Kecha bo‘lib o‘tgan to‘rtta o‘yinda turnirning muntazam ishtirokchisi bo‘lmish "Ayaks" yangi mavsumda bu an'anaga chek qo‘yishi ma'lum bo‘ldi. Jamoa sensatsion ravishda "Rapid"ga (Avstriya) mag‘lub bo‘ldi. Safardan 2:2 hisobida durang bilan qaytgan amsterdamliklar o‘z uyida 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Ayaks (Gollandiya) – Rapid Vena (Avstriya) 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 12 Berich, 0:2 – 39 Shaub, 1:2 – 52 Milik, 2:2 – 75 Gudel, 2:3 – 77 Shaub.
Ayaks – Sillessen, Tete, Ridevald, Veltman (Sanogo, 71), Deyks, Sinkgraven (Shene, 87), Bazur, Klassen, Fisher (Gudel, 59), El-Gazi, Milik.
Rapid Vena – Novota, Shtangl, Dibon, Zonnlyaytner, Auer, Xofmann (Shobesberger, 59), Petsos, Kaynts, Shaub (Alar, 88), Graxovats, Berich (Prosenik, 90).
Ogohlantirishlar: Auer (54), Novota (71), Tete (82).
Birinchi o‘yin: 2:2

"Molde" esa "Dinamo Zagreb" darvozasiga 3ta gol urishiga qaramasdan yo‘llanmaga ega bo‘la olmadi. Birinchi o‘yinda 1:1 hisobini qayd etgan xorvatlar safarda 3ta gol urish evaziga turnirni davom ettiradigan bo‘ldi.

Melde (Norvegiya) – Dinamo Zagreb (Xorvatiya) 3:3 (1:3, 2:0)
Gollar: 0:1 – 17 Pyatsa, 0:2 – 20 Ademi, 0:3 – 22 Rog, 1:3 – 43 Xussayn, 2:3 – 52, penalti Elyunussi, 3:3 – 75 Kamara.
Melde – Xorvat, Rindarey, Linnes, Toyvio, Forren, Xestad (Gabrilsen, 77), Singx, Kamara, Xussayn (Berg, 87), Elyunussi, Mostrem (Svenssen, 75).
Dinamo Zagreb – Eduardu, Pivarich, Pintu, Shimunovich, Sigali, Rog (Chorich, 75), Santush, Sudani (Xodjich, 62), Ademi, Pyatsa, Enrikes (Domagoy, 54).
Ogohlantirishlar: Santush (32), Forren (45), Eduardu (51), Domagoy (80), Xussayn (87), Xodjich (87), Pintu (90).
Chetlatish: Forren (72).
Birinchi o‘yin: 1:1

"APOEL" ham Daniyaning «Mittyulann» jamoasi to‘sig‘idan qiyinchilik bilan o‘tdi.

APOEL (Kipr) – Midtyulland (Daniya) 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 3 Svyatchenko.
APOEL – Vaterman, Serjiu, Astits, Karlao, Franko, De Vinsenti (Soteriu, 90), Moraish, Makridis, Aleksandru, Pentkovski (Sakramento, 46), Leal (Artimatas, 84).
Midtyulland – Dalin, Lauridsen, Svyatchenko, Xansen, Bak Nilsen (Onuachu, 81), Andersson (Larsen, 89), Sparv, Sisto, Poulsen, Royyer (Pushich, 66), Rasmussen.
Ogohlantirishlar: Makridis (30), Poulsen (54), Sparv (68), Xansen (70), Pushich (72).
Chetlatish: Franko (29).
Birinchi o‘yin: 2:1

"Monako" esa "Yang Boyz"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Monako (Monako) – Yang Boyz (Shveytsariya) 4:0 (0:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 54 Kavaleyru, 2:0 – 64 Kurzava, 3:0 – 70 Martial, 4:0 – 77 El-Shaaravi.
Monako – Subashich, Kurzava, Fabino, Karvalyu, Radji, Kavaleyru (El-Shaaravi, 75), Dirar, Pashalich (Traore, 80), Moutinyu, Tulalan, Martial (Karrilo, 70).
Yang Boyz – Mvogo, Letsyaks, Vilotich (Rosha, 46), fon Bergen, Sutter (Xadergonay, 65), Suleymani, Bertone, Gayich, Nutstsolo (Gonsales, 71), Afum, Kubo.
Ogohlantirishlar: Vilotich (25), Bertone (39), Fabino (48).
Birinchi o‘yin: 3:1.

Top