06:45 / 05.08.2015
4011

Nijniy Novgorodda bolalarning qotilligida gumon qilinuvchining shaxsi aniqlandi

Tergov organlari Nijniy Novgorodda 6 nafar bolaning qotilligida gumon qilinayotgan qotil shaxsini o‘rnatdilar, deb xabar bermoqda LifeNews telekanali.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gumon qilinuvchi bolalarning o‘z otasi, 1963 yilda tug‘ilgan Oleg ismli shaxs bo‘lib chiqdi.   

Avvalroq Nijniy Novgoroddagi kvartiralardan birida bolalarning chavoqlab tashlangan jasadlari topilgani ma'lum qilingandi.

Guvohlarning aytishicha, qotil noma'lum yo‘nalishda ketgan. Bolalarning otasi va onasining hozirda qayerdaligi tergov organlariga noma'lumligicha qolmoqda. 

Top