11:23 / 05.08.2015
2142

Turkmaniston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi besh yil ichida 69 foizga oshdi

Bishkekda Qirg‘iziston-Turkmaniston biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida kelgan ashxobodlik tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Turkmaniston delegatsiyasi tarkibiga davlat tovar-xom ashyo birjasi, “Turkmaneksport” davlat korxonasi rahbarlari, farmatsevtika, paxtachilik, neftni qayta ishlash, energetika va temir yo‘l sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari, shuningdek, qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil, to‘quvchilik, plastmassa va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari kirdi.
Forum davomida chiqish qilgan Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Valeriy Dil oxirgi besh yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 69 foizga oshganligini ta'kidlab o‘tdi.
Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, 2010-2014 yillarda eksport 68.1 foizga, import 72.7 foizga oshgan. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2014 yili 9.8 mln dollarni tashkil qildi. Bu 2013 yil ko‘rsatkichlaridan 46.3 foizga ko‘proqdir.

Top