17:16 / 06.08.2015
3233

EPA yangi Chevrolet Volt tafsilotlarini e'lon qildi

Amerika atrof muhitni muhofaza qilishi agentligi EPA yangi Volt keyingi yilda chiqadigan modeli bo‘yicha xarakteristikasini e'lon qildi, deb yozmoqda «O‘zavtosanoat» AJ rasmiy sayti.

General Motors muhnadislari yangicha «Li-ion» batareykalari evaziga yangi modelning faqatgina elektr orqali harakatlanish foizini 39%gacha – 85 kilometrdan sal uzoqroqqacha cho‘zishga muvaffaq bo‘lishgan.

Hozirgi kundagi Volt modeli esa zaryadlanmagan holatda 61 kilometrgacha yo‘l bosib o‘tishi mumkin bo‘lardi. Benzin-elektr rejimidagi sarf-xarajat miqdori esa benzinni ekvivaliyenti hisobiga 100 kilometrga 2,4 litrdan, 2,2 litrgacha qisqargan.

Top