15:39 / 06.08.2015
7128

Namanganlik shaxs IShID materiallari joylashtirilgan xotira kartalarini olib kirishga uringani aniqlandi

Jinoiy ishlar bo‘yicha Namangan viloyat sudi shaharda istiqomat qiluvchi fuqaroni ekstremizm, ayirmachilik va fundamentalizmni targ‘ib qiluvchi materiallarni saqlaganlikda ayblab, 5.5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi saytida xabar qilinishicha, gumondor aprel oyida Sankt-Peterburgdan Andijon aeroportiga kelib tushganida qo‘lga olingan. Uning yuklari orasida bo‘lgan shokoladlar ichida ikkita 8 Gb li MicroSD xotira kartasi yashirib qo‘yilgani, ular ichida ekstremistik materiallar saqlanayotgani aniqlandi.
Diniy yo‘nalishdagi 1 230 video va audiomateriallarning davomiyligi 20 soatni, hajmi esa 14.8 Gb ni tashkil qilgan. Diniy ekspertiza ushbu materiallarning aksariyati “O‘zbekiston islom harakati” ekstremistik tashkiloti tomonidan tayyorlanganligini ko‘rsatdi. Shuningdek, materiallar ichida Suriyada o‘zbek tilida IShIDga atab kuylangan qo‘shiqlar, xalifat tuzishga da'vatlar bor.
Ta'kidlanishicha, 2015 yilning birinchi yarmida Andijon viloyatida 95ta shunday holat qayd qilingan.

Top