22:01 / 07.08.2015
13369

“IShID” safida bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayollar zo‘ravonlikka uchraganlarini aytmoqdalar

Suriya va Iroqda “IShID” terrorchilik tashkiloti safida bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayollar jangarilar tomonidan zo‘ravonlik va xo‘rlashlarga uchraganlarini aytmoqdlar.

“IShID” tomonidan nazorat qilinuvchi hududlardan qaytgan ayollarning asosiy xotiralari qo‘rquv va tahqirlashlar bo‘lmoqda”, deb aytmoqda “IShID” qurbonlari ishini O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib boruvchi polkovnik Suxrob Jalilov.

“U yerda erkaklar diniy adabiyotni o‘rganish, harbiy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Ayollar esa qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin bo‘lgan xizmatkor vazifasini bajaradilar. Men bitta qiz navbati bilan bir nechta jangarining xotini bo‘lganining guvohi bo‘ldim”, deb aytmoqda 24 yoshli namanganlik Saodat.

2014 yil fevralida Saodatning Turkiyada yashovchi tanishi unga Istanbulga kuyov bo‘lmish bilan tanishish uchun kelishni taklif qilgan. Saodat u yerda turmushga chiqqan erkak “IShID”ga odamlar yollash bilan shug‘ullangan. Erkak Saodatni o‘zi bilan Suriyaga borishga majbur qilgan. Bir oydan keyin qizning ota-onasi bilan aloqasi uzilgan. Yarim yildan keyin Saodat o‘ziga o‘xshagan bir qiz bilan turk politsiyasi tomonidan aeroport pasport nazorati punktida hibsga olingan.

“Bilmadim negadir erim menga rahmi kelib, Turkiyaga qochib ketishimga izn berdi”, deb aytmoqda Saodat. O‘zbekiston sudi Saodatni chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblab, 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Afsuski, aqlini yo‘qotib, yaxshi hayot ilinjida xorijga borib, u yerda “IShID” safiga qo‘shilib qolgan ayollarning ko‘pchiligining taqdiri ayanchli tugamoqda.

Top