00:25 / 07.08.2015
1623

“Roma” Salohni 5 mln yevroga ijaraga olganini ma'lum qildi

“Chelsi” yarimhimoyachisi Muhammad Saloh Rimning “Roma” jamoasi safiga o‘tdi. Jamoa 23 yoshli misrlik yarimhimoyachini bir mavsumga ijaraga oldi. Ushbu kelishuv shartnomasida futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish sharti ham kiritildi.

“Roma” misrlik futbolchining o‘zi bilan esa 4 yilga mo‘ljallangan shartnomani kelishib oldi. “Roma” Salohning ijarasi uchun 5 mln yevro to‘lanishini tasdiqladi. Transfer qiymati futbolchining o‘yiniga qarab belgilanadi.

Futbolchi o‘tgan yili ijara asosida to‘p surgan “Fiorentina” jamoasiga qaytishni istamagan.

Top