06:52 / 07.08.2015
1942

IFC O‘zbekistondagi to‘qimachilik sanoatidagi loyihalarga sarmoya kiritmoqchi

Xalqaro moliyaviy korporatsiya (IFC) mutaxassislari O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Toshkentdagi Jahon banki missiyasining Uchtomonlama hamkorlar (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va Savdo-sanoat palatasi) uchrashuvida gapirildi.

Tomonlar, shuningdek, Uchtomonlama hamkorlarning Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon bankining Adolatli mehnat davlat dasturi doirasidagi hamkorligiga tegishli masalalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuvda Uchtomonlama hamkorlar tomonidan O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.Abduxakimov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov ishtirok etdilar. Shuningdek, uchrashuvga O‘zbekiston Fermerlar kengashi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakillari ham taklif qilindilar.

Top