11:01 / 07.08.2015
1772

KONMeBOL prezidenti FIFA prezidentligi uchun saylovda Platinini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi

KONMEBOL prezidenti Xuan Anxel Naput FIFA prezidentilgi uchun o‘tkaziladigan saylovga o‘z nomzodini ko‘rsatgan UYeFAning amaldagi rahbari Mishel Platinini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

"Biz Platini katta tajribaga ega amaldor sifatida tashkilotni boshqarish uchun eng munosib nomzod deb bilamiz. U jahon futboli rivoji uchun katta ishlarni amalga oshira oladigan inson. Uning UYeFAdagi rahbarlik faoliyatini kuzatib, bunga amin bo‘lish mumkin", deydi KONMEBOL rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Platini o‘tgan haftada o‘zining FIFA prezidentligi uchun kurashishi haqida rasman ma'lum qilgandi.

Tashkilotga 1998 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan, shu yilning 29 mayida o‘tkazilgan saylovda beshinchi muddatga qayta saylangan Yozef Blatter esa shu vaqtda FIFA tizimida poraxo‘rlik bilan bog‘liq mojaro kelib chiqqanidan keyin o‘zining bu safargi prezidentlik muddatini oxirigacha davom ettirmasligini va iste'foga chiqishini e'lon qilgan.

FIFA prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov 2016 yilning 26 fevralida Tsyurix shahrida o‘tkaziladi.

Top