19:10 / 07.08.2015
3038

Tesla elektromobillar uchun robotlashtirilgan quvvatlash qurilmasi prototipini namoyish qildi

Yanvar oyida Tesla kompaniyasi o‘zining elektromobillari uchun robotlashtirilgan quvvatlash qurilmasi prototipini yaratmoqchiligi ma'lum qilingandi. Xabarda qurilma o‘zining yakunlangan ko‘rinishida avtomobilga “mexanik ilon” kabi ulanishi aytilgan edi. Biroq bu haqda batafsil ma'lumotlar berilmagan. Bugun Tesla tvitter orqali bu quvvatlash stansiyasining prototipini namoyish qildi.

Quvvatlash stansiyasi haqiqatda ham robotlashtirilgan mexanik ilonga o‘xshaydi. U avtomobilning quvvatlash konnektoriga olib borilib, unga ulanadi. Ta'kidlash joizki, bu prototip qurilmaning kichraytirilgan nusxasi bo‘lib, avtomatik quvvatlash qurilmasining so‘nggi versiyasi bu prototipdan boshqacharoq va yirikroq ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Tesla kompaniyasi egasi Elon Mask yangi quvvatlash qurilmasi universal bo‘lib, kompaniyaning barcha avtomobillari bilan ishlay olishini ma'lum qilgan edi.

Top