Ukraina energetika vazirligi isitish mavsumini Rossiyadan gaz sotib olmay o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirlik yevrointegratsiya boshqarmasi rahbari Mixail Bno-Ayriyan bayonot berdi.
“Albatta, barcha ssenariylarni hisobga olishimiz kerak, va bu ham ssenariylardan biridir”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
“Rossiya gazisiz qiyin bo‘ladi, lekin vaziyat 2-3 yil oldingiday murakkab emas”, – qo‘shimcha qildi Bno-Ayriyan.