01:01 / 08.08.2015
2327

Kobuldagi terakt qurbonlari soni 20 kishiga yetdi

Kobulda 7 avgustda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 20 kishiga yetdi, yana 25 kishi jarohatlangan. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

Terakt Kobuldagi politsiya akademiyasi yonida terrorchi-xudkush tomonidan sodir etildi. Politsiya kiyimidagi terrorchi o‘tkazish punktida tekshiruvdan o‘tkazilayotgan talabalar navbati o‘rtasida o‘zini portlatib yuborgan. Terakt uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga olgan.

Avvalroq teraktda 8 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan edi. 

Bu terakt 7 avgustda Kobulda amalga oshirilgan 2-terakt bo‘ldi. Shu kuni ertalab Qobul markazida armiya bo‘linmasi yonida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil portlatib yuborilgan edi. Oqibatda 15 kishi halok bo‘lib, yuzlab kishilar jarohat olgan.  

Top