06:23 / 08.08.2015
6713

Rossiyaga yengil avtomobillar importi yilning birinchi yarmida ikki barobarga kamayib ketdi

Rossiyaga yengil avtomobillar importi yilning birinchi yarmida ikki barobarga kamayib ketdi

2015 yilning birinchi yarmida Rossiyaga yengil avtomobillar importi 2014 yilning shu davriga nisbatan 52,5 foizga, ya'ni 179,6 ming donagacha tushib ketdi. Import pul ko‘rinishida 3,378 mlrd dollarni, 2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2,1 marta kamroqni tashkil qildi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.   

Ko‘rilayotgan hisobot davrida Rossiyaga uzoq xorijiy davlatlardan 3,306 mlrd dollarlik 172 ming dona (-52 foiz) avtomobil, MDH davlatlaridan esa 72,7 mln dollarlik 7,6 ming dona (2,7 marta kamroq) avtomobil keltirildi.  

Rossiyaga birinchi yarim yillikda yuk mashinalari importi 4 barobarga kamayib ketdi va 9,6 ming donani tashkil qildi. Pul ko‘rinishida yuk mashinalari importi 362,9 mln dollarni (3,2 marta kamroq) tashkil qildi.

Rossiyadan yengil avtomobillar eksporti yanvar-iyun oyida 48,9 ming donani (-27 foiz), yuk mashinalari esa 8,4 ming donani (-2,3 foiz) tashkil qildi.

Top