21:43 / 08.08.2015
2429

Rostov-Don politsiyasi xonanda Zemfirani tomoshabinni haqorat qilgani uchun jazolamaydigan bo‘ldi

Rostov-Don politsiyasi rossiyalik xonanda Zemfirani Rostovdagi san'at saroyida 2013 yilda u tomonidan go‘yoki haqoratlangan erkakning shikoyat arizasiga ko‘ra ma'muriy ish qo‘zg‘atishni rad etdi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot muassasalaridagi manba TASS axborot agentligiga ma'lum qildi.

“Ma'muriy ish qo‘zg‘atish voqea muddati o‘tgani sababli rad etildi. Bu muddat 3 oyni tashkil qiladi. Xonandaning xatti-harakatlarida hech qanday jinoiy alomatlar sezilmayapti”, deb aytmoqda manba.

Bu holat 2013 yilning 20 oktabrida Zemfiraning yangi albomini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xonandaning Rostovdagi “Sport-Don” san'at saroyida o‘tkazilgan konsertida yuz bergan.

Top