09:42 / 09.08.2015
2191

Alp tog‘larida halok bo‘lgan yo‘lovchilarning qarindoshlari Germanwings bilan AQShda sudlashadi

Alp tog‘larida qulagan samolyotda halok bo‘lgan yo‘lovchilarning qarindoshlari Germanwings kompaniyasi ustidan AQSh sudiga arz qilmoqchi. Bu haqda Bild am Sonntag nashri yozmoqda.
“Biz AQShda da'vo arizasi tayyorlamoqdamiz va talabimiz ijobiy hal qilinishiga umid qilmoqdamiz”, – dedi 39 oilaning manfaatlarini himoya qilayotgan yurist Elmar Gimull.
Uning ta'kidlashicha, arizada samolyot boshqaruvi psixik muammolarga ega uchuvchiga qanday qilib ishonib topshirilgani masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, oilalar har birlariga 200 ming yevrodan tovon puli to‘lanishi kerakligini ta'kidlamoqda.

Top