19:02 / 09.08.2015
7309

Buxoroda ostin-ustin chorrahalarga ega halqa yo‘li qurilmoqda

Buxoro tumanida M-37 “Samarkand-Buxara-Turkmenbashi” avtoyo‘lining 241-261 km uchastkasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Qurilish ishlariga o‘nlab zamonaviy texnika birliklari va yuzlab ishchi mutaxassislar jalb qilingan. Yangi yo‘llar harakat xavfsizligini ta'minlash barobarida yuk mashinalarining shahar ichiga kirmay o‘z yo‘nalishidan yurishini ta'minlab beradi.
“Buxoroavtoyo‘l” yo‘l ekspluatatsiyasi mintaqaviy tashkiloti vakili J. Valiyevning so‘zlariga qaraganda, rekonstruksiya mobaynida avtomagistral kengligi 25 m ga, yuk ko‘tarish quvvati esa 13 tonnaga yetadi.
Ulkan ko‘prik bilan bir qatorda yo‘l bo‘yi infrastrukturasi, zamonaviy mehmonxonalar, avtoturargohlar, gaz quyish shoxobchalari va texnik xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilmoqda.

Top