11:18 / 09.08.2015
4146

Yaponiya imperatritsasi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiya imperatritsasi Mitiko shifoxonaga yotqizildi. Imperator uyi ishlari boshqarmasining ma'lum qilishicha, uning yuragi ishemiya xastaligiga gumon qilingan.

80 yoshli Mitiko Tokio universiteti shifoxonasiga yetkazilgan. U yerda ayol kompyuter tomografiyasidan o‘tkazilib, tahlillar topshiradi.

Yurak bilan bog‘liq muammolar imperatritsada 2015 yil iyunida boshlandi. 24 iyul kuni u elektrokardiografiya tekshiruvidan o‘tdi.

Un ishlab chiqaruvchi kompaniya prezidentining qizi Mitiko Syoda 1959 yili valiahd shahzoda Akixitoga turmushga chiqqan. Undan ilgari imperatorlik oilasi vakillari faqat aristokratiya vakillari bilan turmush qurishi lozimligi an'ana sifatida qabul qilinar edi, lekin Mitiko bunday an'anaga chek qo‘ydi. 1989 yili, Akixito otasi Xiroxitoning o‘rniga taxtga chiqqanidan so‘ng u imperatritsaga aylandi.

Ularning uchta farzandi – o‘g‘illari Naruxitov a Akisino, shuningdek, qizi Sayako bor.

Top