12:32 / 10.08.2015
2809

Chilidagi suv toshqinlari 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

Chili hukumati tinimsiz yomg‘irlar keltirib chiqargan hamda besh kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan suv toshqinlari sababli mamlakat shimolida favqulodda holat e'lon qildi. Bu haqda 9 avgust kuni mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar qildi.

Murakkab vaziyat mamlakat poytaxti Santyago shahridan 1,3 ming km shimolda joylashgan Antofagasta va Tokopil shaharlarida, ayniqsa, kuchliroq kuzatilmoqda. Hukumat sel kelish xavfi mavjudligi sababli yuzlab fuqarolarni evakuatsyai qildi. Poshpanasiz qolgan kishilarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Favqulodda holatlar bo‘yicha Milliy boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli mamlakat miqyosida 100 mingdan ziyod aholi elektr energiyasi ta'minotisiz qolgan, 9 ming nafardan ortiq kishi toza ichimlik suvidan mahrum.

Top