10:14 / 10.08.2015
6174

Fransiyalik deputat: biz “Mistral”lar bo‘yicha kelishuvdan voz kechib xato qildik

Fransiya ayrim ittifoqchilari tomonidan o‘tkazilgan tashqi bosim ostida ikkita “Mistral” toifasidagi vertolyot tashuvchi kemalarini Rossiyaga yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bekor qilib, katta xatoga yo‘q qo‘ydi va jiddiy moddiy zarar ko‘rdi. Bu haqda Respublikachilar muxolif partiyasi deputati Terri Mariani bayonot berdi.

“Biz santsiyalar rejimiga qat'iy amal qilamiz – ayrim ittifoqchilarimiz, xususan, amerikaliklar bosimi ostida. Shu paytning o‘zida ayrim davlatlar ularni chetlab o‘tmoqda va AQSh birinchi saflarda!”, – dedi u Figaro gazetasiga bergan intervyusida.

Jumladan, uning fikricha, ma'lum diplomatik cheklovlar va to‘siqlarga qaramay, AQShning ayrim kompaniyalari Rossiya bilan samarador hamkorlik olib borishda davom etmoqda.

“Bu Moskva va AQShning Bell Helicopter firmasi o‘rtasida Rossiyada korxona ochish borasidagi kelishuvda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Yoki Fransiya “Mistral”lar shartnomasidan voz kechgan kuni NASA’ning Rossiya kosmik agentligi bilan 490 mln shartnoma imzolaganini olaylik”, – qo‘shimcha qildi Mariani.

Top