09:35 / 10.08.2015
4323

Javohir Sindorov muddatdan oldin Osiyo chempioni bo‘ldi

9 avgust kuni Janubiy Koreyaning Suvon shahrida Osiyo chempionatining oxirgi, 8-turi o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Javohir Sindorov 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar ichida muddatdan oldin Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

10 yoshgacha bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq chempionatda Sindorov 32 ishtirokchi ichida 8 ochkodan 7.5 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rindagi ta'qibchisidan 2 ochkoga o‘tib ketdi. Rapida, blits va klassika bo‘yicha maktab o‘quvchilari ichida Osiyo va jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yosh iste'dod birinchi marta standart shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi.

Mediachess.uz resursining yozishicha, bir kun ilgari u Suvonda rapida bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Top