Qozog‘iston sudi 4 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga olib kelgan YTHda aybdor shaxsni javobgarlikka tortdi.
Mahalliy OAVda xabar qilinishicha, DaimlerBenz 0303 15r rusumli avtobus haydovchisi mast holda Chimkent-Samara avtoyo‘lining 1 927 km uchastkasida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, natijada mashina ag‘darilgan.
Sud haydovchini 5 yilga ozodlikdan hamda 7 yilga mashina boshqarish huquqidan mahrum qildi.
Halokat 6 aprel kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Sirim tumanida sodir bo‘lgan edi. 4 kishi halok bo‘lganidan tashqari, yana 24 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.