20:59 / 10.08.2015
7477

Urgut tumanida “Chorchinor” nomli bolalar oromgohi foydalanishga topshirildi

Bolalar oromgohlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo‘yicha manzilli dasturga muvofiq O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Chorchinor” bolalar oromgohi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tuman markazidan 4 km uzoqlikda – tog‘ yon bag‘irlaridagi so‘lim va bahavo maskanda joylashgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 7,8 gektarni tashkil etadi.

Avvallari oromgohdagi o‘rinlar soni 300tani tashkil etgan bo‘lsa, qayta qurilgan maskan bugun 400 nafarga yaqin bolajonni o‘z quchog‘iga olgan. Oromgohda barpo etilgan 6ta yotoq paviloni zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Har bir yotoqxonada alohida hojatxona va dushxona mavjud bo‘lib, bolalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. “Ma'naviyat-ma'rifat” maskani, tibbiyot majmui, mazali va darmondorilarga boy taomlar tayyorlanuvchi oshxona, yozgi amfiteatr, lojuvard suzish havzasi, sport majmuasi yosh avlod kamolotiga xizmat qilmoqda.

Top