20:45 / 10.08.2015
2865

Xitoy sharqida 3 mln nafardan ortiq kishi "Soudelor" to‘fonidan jabrlandi

"Soudelor" to‘foni Xitoyning sharqidagi Chjyetszyan, Futszyan va Tszyansu viloyatlaridagi 3,11 mlndan ortiq kishiga ta'sir qildi. Bu hududda 17 kishi to‘fon tufayli halok bo‘lgan va 5 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda XXR Suv toshqinlari bo‘yicha Davlat bosh shtabiga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.

Hisobotda aytilishicha, bu tabiiy ofatning mamlakat iqtisodiga keltirgan zarari 8,73 mlrd yuanni (1,4 mlrd dollar) tashkil etmoqda.

Ma'lumot uchun, "Soudelor" to‘foni Xitoy sohillariga 8 avgust, shanba kuni yopirilgandi.
Provintsiyalar ma'murlari ma'lumotiga ko‘ra, ofat salkam 20 ming gektar ekin maydoniga zarar yetkazgan, 562 ta bino vayron bo‘lgan, yana 1,2 ming imorat shikastlangan.

Top