10:52 / 11.08.2015
2273

Luis Enrike: Yevropa Suprekubogi - tarixga kirish uchun yana bir imkoniyat

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Superkubogida "Sevilya"ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.

"Bizni mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yin kutib turibdi va bu holatimizni tekshirish uchun yaxshi imkoniyat. Biz haqiqiy chempionlar bilan o‘ynaymiz.

Bizni favorit hisoblashadimi yoki yo‘qmi, buning menga farqi yo‘q. "Sevilya" - kuchli raqib, ulrga qarshi o‘yinlar har doim qiyin bo‘lgan. G‘alaba qozonish uchun yaxshi o‘ynashimiz kerakligini yaxshi bilamiz.

Qancha ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritsang - shuncha yaxshi. Bizning bir nechta o‘yinchilarimiz rekordlar qo‘yishi mumkin. Biz yana bir bor tarixga kirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibmiz. Bu sovrinni qo‘lga kiritishimiz uchun bizda hamma narsa bor. Biz buni uddalashimiz kerak", - deydi Luis Enrike.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Sevilya" o‘rtasidagi UYeFA Superkubogi uchun o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Top