02:37 / 11.08.2015
5676

Nikolas Keyj kinodagi o‘zining sevimli rollarini aytib o‘tdi

Gollivudlik mashhur aktyor Nikolas Keyj Time jurnaliga bergan intervyusida kinoda o‘ynagan eng yaxshi rollarini aytib o‘tdi.

“Bir nechta sevimli rollarim bor. Birinchidan, “Yomon leytenant”, bu filmda biz Verner Xertsog bilan, fikrimcha, noyob narsa yaratganmiz. Shak-shubhasiz, Mayk Figgisning “Las-Vegasni tark etib” filmini aytmasdan iloji yo‘q. Bu filmda men har qachongidan ko‘proq qalbimni yalang‘ochlaganman. Men uchun yana ikkita muhim rol bor – “Vampir bo‘sasi” va Jon Vuning “Yuzsiz” filmi”, deb aytdi Keyj.

Top