09:53 / 11.08.2015
6706

O‘zbekistonda qon o‘rnini bosuvchi suyuqlik tarkibi ixtiro qilindi

Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "REKA-MED FARM" O‘zbekiston-Rossiya-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi xodimlari tomonidan qon o‘rnini bosuvchi suyuqlik tarkibi ixtiro qilindi.

Mazkur ixtiro tibbiyot sohasidagi yaratilgan yangiliklardan yana biri bo‘lib, u aniq ifodalangan antioksidant, diuretik va dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadigan, gemodinamika, metabolizm, izdan chiqqan kislotali-asosiy holat va elektrolit almashinuvini tiklashga, intoksikatsiyaning har xil turlarida va shok holatlarida maksimal qisqa muddatlarda buyrak funksiyasini, shuningdek hujayra darajasida energetik almashinuv jarayonlarini tiklashga qodir bo‘lgan polifunksional ta'sir ko‘rsata oladigan osmodiuretik qon o‘rnini bosuvchi tarkibdir.

Hammualliflar - X.Ya.Karimov, L.Shevchenko, Ye.Yu.Staforova va Ye.L.Kuzmichevaga ushbu ixtiro uchun № IAP 05053 raqamli patent berildi.

Top