18:07 / 12.08.2015
3938

Rossiya mudofaa vazirligi bombalardagi “Berlinga!” yozuvini fotomontaj deb e'lon qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Kaliningradda o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlarda “Berlinga!” yozuvi tushirilgan bombalarning ishlatilgani haqida axborotni inkor qildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
“Bu yo bema'nilik, yo fotomontaj, yo aksilrossiya kayfiyatlarini oshirishga bo‘lgan harakat”, – dedi harbiy muassasa vakili agentlikka bergan intervyusida.
U bombalarga yozuv tushirish harbiy mashg‘ulotlar payti ham, chinakam harbiy to‘qnashuvlar chog‘ida ham mumkin emaslgini ta'kidladi.
Shunga qaramay, ushbu rasmlarni chop etgan Flot.com portali bosh muharriri vazifasini bajaruvchi Sergey Sochevanov “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida rasmlarning haqiqiy ekanligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.
“Bu fotosuratlar mudofaa vazirligi aviatsiyasi yig‘ilishida qilingan, o‘quv bombalaradi darhaqiqat shunday yozuv bor edi”, – dedi u.

Top