11:53 / 12.08.2015
1946

Xitoydagi «Soudelor» to‘foni qurbonlari soni 26 nafarni tashkil qilmoqda

Xitoy sharqiga 9 avgust kuni yopirilgan «Soudelor» to‘foni shu vaqtgacha 26 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, 7 kishi bedarak yo‘qolgan.

To‘fon tufayli Futszyan viloyatida 514 mingga yaqin kishi turar joylaridan ko‘chirilgan.

Bu viloyatda to‘fon 7 ming uyni vayron qilgan va 112 ming ga ekin maydonlariga zarar yetkazgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘fon tufayli mamlakat iqtisodiga 1,5 mlrd dollar zarar yetgan.

Top