23:51 / 13.08.2015
4640

Emirates aviakompaniyasi dunyodagi eng uzoq davom etuvchi reysni yo‘lga qo‘ymoqda

Emirates aviakompaniyasi 2016 yilda dunyodagi eng uzoq davom etuvchi qo‘nishsiz reysni yo‘lga qo‘ymoqchi, deb xabar berdi BAAda chop etiluvchi The National nashri.

2016 yilning 1 fevralidan boshlab aviakompaniya samolyotlari Dubaydan Panamaga ucha boshlaydi. Parvozning davomiyligi 17 soat 35 daqiqani tashkil qiladi. Reys Boeing 777-200 LR samolyotlarida amalga oshiriladi.

Emirates aviakompaniyasi o‘tgan yili dunyoda barcha aviakompaniyalardan ko‘ra ko‘proq keng fyuzelyajli samolyotlar sotib oldi. Kompaniya havo floti umumiy qiymati 5,2 mlrd dollarni tashkil qiluvchi 27 ta Airbus va Boeing samolyotlari bilan kengaydi. Joriy yil oxirigacha aviakompaniya yana to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha: Mashhad (Eron), Orlando (AQSh), Bamako (Mali) va Bolonyaga (Italiyaga) parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Top