15:23 / 13.08.2015
3945

Hyundai kompaniyasi bo‘lg‘usi preimum-modellarning nishonasini namoyish qildi

Hyundai kompaniyasi Los-Anjyelesdagi san'at muzeyida Vision G nomli kontseptual kupesini namoyish qildi. Kompaniya ushbu prototipni “bo‘lg‘usi premium-modellar oilasini yaratish uchun ilhom beruvchi mashina” deb atadi.

Kontsept-kar kompaniyaning AQShdagi dizayn studiyasi tomonidan yaratildi. Shunga qaramasdan, prototipning yaratilishida Hyundai’ning boshqa davlatlardagi bo‘linmalari ham ishtirok etdi.

Vision G avtomobili 5 litrli 8 silindrli Tau oilasiga mansub dvigatel bilan jihozlandi. Dvigatelning quvvati 420 ot kuchi va 519 Nm aylanish lahzasini tashkil qiladi. Mashinada qanday uzatmalar qutisi qo‘llangani noma'lum, biroq oxirgi avlod Genesis sedanida shunday dvigatel 8 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi.

16 avgustda Hyundai Vision G prototipi AQShning Pebbl Bich shahrida bashanglik tanloviga qo‘yiladi.

Bungacha Hyundai tomonidan namoyish qilingan oxirgi prototip Enduro kontsept kari bo‘lgan edi. Avtomobil aprelda Seul avtosalonida ilk bor namoyish qilingan. Kompaniya Enduro va Vision G modellarining seriyali tarzda ishlab chiqarilishi bo‘yicha hech qanday ma'lumot taqdim qilmadi.

Top