14:23 / 13.08.2015
2216

LG o‘zining musiqiy ilovasi Hi-Fi xizmatini ishga tushirdi

LG kompaniyasi smartfonlar uchun o‘zining musiqiy ilovasi Hi-Fi xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qoldirilgan.

Biroq mazkur yangi ilovaning nomi e'lon qilinmagan. Mazkur ilova LG SmartWorld ilovasi orqali ishlaydi. Ilova avgustdan boshlab dunyoning 70 mamlakatida ishlay boshladi.

Foydalanuvchilar uchun mazkur ilovada 24 bit/192 kGts sifatida treklarni eshitish imkoniyati yaratilgan. Xizmat mazkur ilova dasturini qo‘llab-quvvatlay oladigan G2, G3, G4 va G Flex 2 kabi smartfonlar uchun ishlaydi.

Top