14:19 / 13.08.2015
7305

Rossiya yana 4ta davlat uchun mahsulot embargosini joriy etdi

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya mahsulot embargosini joriy etgan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirganini e'lon qildi, deyiladi RIA Novosti xabarida.

Javob sanksiyasi sifatida yaqindagina AQSh, Yevropa Ittifoqi, Kanada va Norvegiya safiga qo‘shilgan Albaniya, Chernogoriya, Islandiya va Lixtenshteynga shu kabi cheklovlar joriy etildi.

“Sanktsiyalarga qo‘shilish ongli ravishda amalga oshirilgan tanlov hisoblanib, bu harakat ularning biz tomonimizdan qo‘llaniluvchi javob choralariga tayyor ekanini bildiradi”, deya aytib o‘tdi Rossiya hukumati rahbari.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining olib kirilishi bo‘yicha cheklovlar Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan assotsiatsiyaning iqtisodiy qismi kuchga kirsa, Ukraina uchun ham joriy etilishi xabar qilindi.

Top