08:47 / 13.08.2015
3297

Tarantinoning “Manfur sakkizlik” filmi treyleri namoyish etildi

YouTube portali orqali Kventin Tarantinoning sakkizinchi filmi hisoblangan “Manfur sakkizlik” filmining ilk treyleri namoyish etildi. Mazkur treylerda Semuel L. Jyekson, Tim Rot, Maykl Medsen singari ko‘plab aktyorlarni ko‘rish mumkin.

Kartina 2015 yilning 13 noyabr kuni jahon kino prokatlariga chiqadi.

Avvaliga film ssenariysi haqidagi ma'lumotlar sizib chiqqani bois Tarantino filmni tasvirga olishni to‘xtatmoqchi ekanini ma'lum qilgan edi. Biroq keyinroq ssenariyni o‘zgartirishga qaror qildi.

Bir oz muqaddam esa Tarantino rejissurani butunlay tark etmoqchiligini, bu “yoshlarning ishi” ekanini ma'lum qilgan edi.

Top