16:21 / 13.08.2015
10729

Tyantszindagi portlash dron tomonidan videoga olindi

Internetda Xitoyning Tyantszin shahridagi portlash oqibatlari qayd qilingan videolavha e'lon qilindi. Ushbu videotasvir uchuvchisiz uskuna yordamida olingan.

Videoda shaharning Binxay tumanini qamrab olgan ko‘p sonli yong‘inlar hamda portlashning boshqa oqibatlari ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30da Ruihai Logistics kompaniyasining Binxayda joylashgan ikkita omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Omborxonada xavfli mahsulotlar saqlangani aytilmoqda. Portlash zarbining kuchliligidan u mahalliy seysmologiya xizmati tomonidan qayd qilindi. Portlash kuchi trotil ekvivalentida 3 va 21 tonnani tashkil qildi.

Fojia qurbonlari soni 44 kishiga yetdi, 520 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 66 nafari og‘ir ahvolda. Halok bo‘lganlarning 12 nafari politsiyachilardir.

Top