09:29 / 13.08.2015
2855

Xalqaro fazo stansiyasining AQShga tegishli segmentida avariya sodir bo‘ldi

Xalqaro fazo stansiyasining AQShga tegishli segmentida avariya sodir bo‘ldi. Elektr ta'minotida yuzaga kelgan muammo tufayli stansiyaning butun ekipaji oyoqqa turg‘izildi, deb xabar beradi TASS agentligi.
“O‘tgan tunda datchiklar ishlab ketdi, ular segmentning elektr ta'minoti tizimida nosozlik borligini ko‘rsatdi. Buni bartaraf qilish uchun astronavtlar oyoqqa ko‘tarildi”, – dedi Rossiyaning NASA’dagi vakili.
Nosozlik tufayli havo aylanish tizimi ishdan chiqqan. Astronavtlarning Xyustondagi parvozlarni boshqarish markazi xodimlari bilan hamkorlikdagi xatti-harakatlari tufayli vaziyat o‘nglandi.
Shuningdek, tundagi bedorlik tufayli bugun astronavtlarga uxlashga ko‘proq vaqt beriladi.

Top