03:20 / 14.08.2015
2944

Samsung o‘zining shaxsiy Samsung Pay to‘lov tizimini namoyish etdi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining shaxsiy Samsung Pay to‘lov tizimini namoyish etdi. 13 avgustda kompaniya prezidenti Jong Kyun Shin Samsung Pay va ikkita yangi smartfon: Samsung Galaxy S6 Edge+ va Samsung Galaxy Note 5’ni namoyish qildi.

“Samsung Pay tizimidan yangi telefonlarda foydalanish mumkin va u deyarli birinchi kunlardan boshlab hamma yerda qabul qilinadi”, deb aytdi Shin.

Kompaniya yangi to‘lov tizimini Janubiy Koreyada 20 avgustdan, AQShda 28 sentabrdan boshlab ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Keyinroq Samsung Pay Xitoy, Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda ishga tushiriladi. To‘lov tizimining xavfsizligi Samsung Knox tizimi hisobiga ta'minlanadi.    

Ayni paytda bu xizmat doirasida Samsung’ga MasterCard, Visa va American Express to‘lov tizimlari hamkorlik qilmoqda. Samsung, shuningdek, Bank of America, Citi, JPMorgan Chase va U.S. Bank bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Top