01:49 / 15.08.2015
2022

“Spartak” o‘z maydonida TsSKAga imkoniyatni boy berdi

Moskvada “Otkrytiye Arena” stadionida Rossiya permer-ligasi 5-turining dastlabki uchrashuvida “Spartak” TsSKAga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Armiyaliklar” 31-daqiqada Sergey Ignashevichning to‘pi evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroz o‘tib TsSKA futbolchilari 2-to‘pni amalga oshirishdi: Ahmed Musa maydon markazidan darvozabonga qarshi birma-bir yugurib chiqib, maydon egalari darvozasining pastki burchagiga to‘p kiritdi. “Qizil-oqlar” bu goldan keyin darhol bitta javob to‘pini kritishga muvaffaq bo‘lishdi: Dmitriy Kambarov 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshirdi.

Uchrashuvning 2-bo‘limi ham keskin tarzda o‘tdi, biroq boshqa to‘plar kiritilmadi. Shu tariqa “Spartak” futbolchilari Dmitriy Alenichev boshchiligidagi birinchi mag‘lubiyatiga uchradi.       
TsSKA ketma-ket 5 ta g‘alabani qayd etib, chempionat jadvalida 1-o‘rinni, “Spartak” esa 4-o‘rinni egallamoqda.  

Rossiya Premer-Ligasi. 5-y tur

Spartak (Moskva) – TsSKA (Moskva) – 1:2

Gollar: Ignashevich, 31 (0:1); Musa, 35 (0:2); Kombarov, 36 (1:2, pen).

Top