09:46 / 15.08.2015
2451

Bolasining yuziga cho‘g‘ bosgan britaniyalik ayol 4 yilga qamaldi

Avtomobil tutatqisi yordamida 16 oylik farzandining yuziga “smayl” bosgan britaniyalik ayol Lester shahar sudi tomonidan 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
“Buni bitta so‘z bilan ifodalash mumkin: brending. Siz qizingizning yuziga belgi qo‘ydingiz, va bu belgi uning yuzida bir umrga qoladi. Siz farzandingizni qasddan tamg‘aladingiz”, – xulosa qildi sudya Filipp Xed.
Bundan tashqari, 22 yoshli ayol bolalariga g‘amxo‘rlik qilish huquqidan mahrum etildi.

Top