21:23 / 15.08.2015
3443

Jorj Soros Alibaba kompaniyasining o‘ziga tegishli aksiyalarining katta qismini sotib yubordi

AQShlik moliyachi va sarmoyachi, milliarder Jorj Soros Xitoyning Alibaba internet-kompaniyasining o‘ziga tegishli aksiyalarining katta qismini sotib yubordi.

AQSh Federal zaxira tizimi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-choragi oxirida Soros Fund Management jamg‘armasi Alibaba’ning 370 mln dollarlik aksiyalari paketiga ega edi. Jamg‘arma 30 iyunga kelib faqatgina 4,9 mln dollarlik aksiyani o‘zida qoldirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.      

Qayd etish joizki, Alibaba kompaniyasining aksiyalari o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga tushib ketdi.

Alibaba Xitoydagi eng yirik elektron tijorat maydonlari, jumladan ular orasidagi eng ommaviy bo‘lgan Taobao’ga egalik qiladi. Kompaniya bu maydonlarda sotuvchilar va xaridorlarni bir-birlariga ro‘para qilib, ularga turli xizmatlar taklif qiladi. Alibaba hisobiga Xitoydagi elektron savdo aylanmasining 80 foizi to‘g‘ri keladi. 

Top