17:19 / 15.08.2015
3520

Moskva politsiya bo‘limida erkak o‘z joniga qasd qildi

Moskvada 15 avgust kuni ma'muriy qonunbuzarlik uchun qo‘lga olingan erkak politsiya bo‘limida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati axborot berdi.
Voqea “Tsaritsyno” politsiya bo‘limida sodir bo‘ldi. Erkak “ust kiyim predmetlari”dan foydalangan holda o‘zini osib qo‘ydi.
Voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hibsdagilarni nazorat qiluvchi xodimlarning aybi isbotlangan taqdirda ular javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shunga o‘xshash voqea 2014 yil oktabrida Tver viloyatida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda hibsga olingan ayol o‘z joniga qasd qilgan edi.

Top