13:20 / 15.08.2015
5081

OAV: Daydi itlar va mushuklar Toshkent ekologiyasiga tahdid solmoqda

Daydi itlar va mushuklar Toshkent shahri ekologiyasiga va sanitar holatiga tahdid solmoqda. Bu haqda “Tokshent oqshomi” nashri yozmoqda.

Toshkent shahar hokimiyati nashrida ta'kidlanishicha, itlar va mushuklar ko‘p qavatli uylarda boqilmasligi kerak, negaki bu uylar odamlarning yashashiga mo‘ljallangan. Ayni paytda, bolalar bog‘chasi va maktablarning hovlilarida ayrim fuqarolar itlarini aylantirishi odat qilgan.

“Masalani qonuniy yo‘l bilan hal qilish kerak. Aks holda bolalarning o‘ynashiga mo‘ljallangan maydonchalar xonimlar ertalabdan itini aylantiradigan hududga aylanib qoladi”, – deyiladi maqolada.

Top