13:33 / 15.08.2015
4388

Shimoliy Koreya o‘z soat kamarini yaratdi

Shimoliy Koreya soat millarini yarim soat orqaga o‘girib, o‘z soat kamariga o‘tdi. Bu haqda mamlakatning markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Ilgariroq Yaponiya militarizmi ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan KXDR o‘z soat kamarini yaratishi xabar qilingan edi.
“KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi respublika uchun standart soat sifatida 127 daraja 30 daqiqa sharqiy uzunlik qabul qilib, unga 15 avgustdan amal qilish haqida qaror qildi”, – deyiladi axborotnomada.

Yangi vaqtga o‘tish pallasi binolarda qo‘ng‘iroq bongi, korxonalar va transportda sirena hamda xushtaklar bilan ko‘rsatildi.

Top