14:25 / 15.08.2015
2985

Turkmanistonda YaIM 7 oy ichida 8.7 foizga o‘sdi

2015 yilning 7 oyi mobaynida Turkmaniston yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8.7 foizga o‘sdi. Ishlab chiqarish sektorida o‘sish 104.4 foizni, qurilishda 112.6 foizni, transport-kommunikatsiya kompleksida 111.9 foizni, savdo sohasida 113 foizni, qishloq xo‘jaligida 112.2 foizni, xizmat ko‘rsatish sohasida 112.1 foizni tashkil qildi.

Mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘sish suratlari 2014 yilning dastlabki 7 oyi ko‘rsatkichlariga nisbatan 107.5 foiz bo‘ldi. Chakana savdo aylanmasi hajmi 19.5 foizga o‘sdi.

Shuningdek, o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 27.7 mlrd manatni tashkil qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 107.9 foizga o‘sish bo‘ldi demakdir.

Top