19:05 / 15.08.2015
3463

Xitoyda Tyantszindagi portlashlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on axborot tarqatayotgan yuzlab akkauntlar yopib qo‘yilmoqda

Xitoy OAVlarida mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarda Tyantszindagi kimyoviy moddalar omborxonasidagi portlashlar sabablari va oqibatlari haqida yolg‘on axborot tarqatayotgan 360 ta akkaunt yopib qo‘yilgani ma'lum qilinmoqda.

Xususan, Twitter’ning Xitoydagi muqobili bo‘lgan Sina Weibo mikrobloglar saytida ba'zi foydalanuvchilar zaharli gazlar Pekin tomonga yo‘nalayotgani, falokat yaqinidagi savdo markazlari marodyorlar tomonidan talangani haqidagi mish-mishlarni tarqatishgan.

Bir ayol esa portlash oqibatida otasi o‘lganini aytib, onlayn tarzda pul yig‘a boshlagan. Ayolga nisbatan firibgarlik ayblovi qo‘yildi. 

Top