19:14 / 22.09.2015
5666

Xitoylik muhandis dunyodagi eng yaxshi lavozim egasi sifatida tan olindi

“Yaxshi yigit, yomon emas” – muhandis Chade-Men Tan Google’da aynan mana shunday lavozimdadir. The Daily Mirror nashrining yozishicha, bu internet foydalanuvchilari tomonidan dunyodagi eng yaxshi lavozim deb topilgan.

Twitter foydalanuvchilari mutaxassisning tashrif qog‘ozchasiga u o‘zining Meng`s Little Space saytida e'lon qilgandan so‘ng e'tibor qaratishdi. Hujjatda aniqlashtirilishicha, Chade-Men kompaniyaning Kaliforniya bo‘limida ishlaydi.

Tanning ta'kidlashicha, “yaxshi yigit, yomon emas” uning rasmiy lavozimidir (Google’da eng qadrli muhandislar shunday ataladi). Mutaxassisning tushuntirishicha, uning kundalik majburiyatlariga “aqllar va qalblarni yoritish, butun dunyoda tinchlik o‘rnatish yo‘lida ishlash” kiradi.

Top