18:45 / 29.09.2015
4905

Suriyalik qochqinlar ichida sobiq jangarilar va harbiylar borligi da'vo qilinmoqda

Suriyadagi urushdan qochib Yevropaga yo‘l olgan yuz minglab muhojirlar ichiga turli destruktiv unsurlar – sobiq harbiylar, hukumat qo‘shini xizmatchilar, muxolif va radikal guruhlar vakillari sizib kirgani haqidagi gap-so‘zlar ko‘pdan beri tinmayapti.

Garchi hozircha bunday da'volarni isbotlaydigan aniq tekshirilgan faktlar keltirilmagan bo‘lsa ham, Germaniyadagi ayrim diniy tashkilotlar qochqinlar orasida o‘z targ‘ibotlarini yuritishga uringanlari ma'lum.

Yaqinda internetda qochqinlar orasida terrorchilarning borligini isbotlashga qaratilgan fotojamlanma e'lon qilindi. Unda bugungi muhojirlar orasida bo‘lgan ayrim shaxslarning suratlari urush maydonida olingan suratlarda qayd qilingan yuzlar bilan qiyoslangan.

“Kimdir Suriya hukumati tomonida turib urishayotgan edi, kimdir muxolifatni qo‘llab-quvvatlayotgan edi, ayrimlar esa jihodchilarga iliq munosabatda edilar, bugun esa ular birdaniga qochqinlarga aylanib qolishdi. Ular yaqingacha o‘zlari ishtirok etib kelgan urush dahshatlaridan qochmoqda go‘yo”, - degan matn ilova qilindi fotojamlanmaga.

Quyida isbot sifatida keltirilayotgan fotokollajlarni keltirar ekanmiz, o‘quvchilarimizga ayrim rasmlar aldoqchi tasavvur uyg‘otishi mumkinligini eslatib o‘tishni lozim topdik.

Top