15:47 / 14.12.2015
2136

Merkel Financial Times tomonidan yil kishisi deb topildi

Germaniya kansleri Angela Merkel yuz minglab qochqinlarga yordam berishda ko‘rsatgan jonbozliklari evaziga Financial Times gazetasi tomonidan yil kishi sifatida e'lrn qilindi.

Gazeta jurnalistining "Angela Merkel - ehtiyotkor kanslerning o‘zgarishi" nomli maqolasida yozishicha, Merkelning 2015 yildagi faoliyatini Germaniya tarixidagi eng obro‘li siyosatchilardan biri Gelmut Kolni eslatadi.

Jurnalistning yozishicha, Merkel muhojirlar oqimining ortishiga yo‘l qo‘yib berib, Germaniyadagi raqobatchilari tomonidan ham, o‘z tarafdorlari tomonidan ham keskin tanqidga uchradi. Moliya vaziri Volfgang Shoyble uni "qor ko‘chkisiga sabab bo‘ladigan ehtiyotkorlikni unutgan chang‘ichi"ga qiyosladi.

Siyosiy jurnalist Tomas Shmidtning bildirishicha, "ayni vaqtda Merkel yangi, yanada go‘zal, rang-barang va kuchli respublika tuzish" yo‘lidan bormoqda. Agar u bu maqsadiga erishsa, Germaniya tarixidagi eng buyuk siyosatchilardan biriga aylanadi.

Financial Times kolumnistining qayd etishicha, Merkel xonimning ishlaridan keyin Germaniya avvalgidek bo‘lmaydi.

"Bu yaxshimi, yomonmi, Merkel qit'aning ko‘riniishini o‘zgartiruvchi islohotlarni boshladi va tarixda o‘chmas iz qoldiradigan bo‘ldi.

Bundan oldinroq, Amerikaning Time jurnali tomonidan Germaniya kansleri Angela Merkel an'anaviy “Yil odami” nominatsiyasi g‘olibi deb tan olingandi.

Top