20:13 / 10.05.2016
12899

Mukammal teri hosil qiluvchi krem ishlab chiqildi

Har bir kosmetika ishlab chiqaruvchi kompaniya ayollar yuz terisini ideal holatga keltira oladigan krem ixtiro qilishni orzu qiladi. Ba'zi yirik kosmetik korporatsiyalar qaysidir ma'noda buning uddasidan ham chiqadi. Lekin mavjud kremlarning hech biri Massachusets texnologik universiteti olimlari erishgan natija bilan tenglasha olmaydi. Ular yaratgan krem tabiiy teri ustidan ikkinchi teri qoplamasini hosil qila oladi.

Massachusets texnologik instituti izlanuvchilari Garvard olimlari hamda Living Proof kompaniyasi xodimlari bilan hamkorlikda XPL (cross-linked polymer layer qisqartmasi) nomini olgan ajoyib vosita yaratishdi. 

Polimer qorishma inson terisiga ikki bosqichda surtiladi. Natija har bir odamni qoyil qoldirishi aniq. Bir necha daqiqa avval ajinlar bilan qoplangan teri yosh va tarang holatga keladi.

Avvaliga teriga polisiloksan kremtarkibli birikma, keyin platina asosida yaratilgan katalizator surtiladi. Shundan so‘ng krem tashqi terini takrorlovchi tarang plyonka holiga keladi. Tashqi jismoniy ta'sir ostida o‘chib ketmaydi, 24 soat davomida hatto suv bilan ham yuvib ketkazish mumkin bo‘lmaydi. Olimlar o‘z tadqiqotlarini Nature Materials jurnalida chop etishdi. 

Bu mo‘'jizaviy krem nafaqat ajinlar bilan kurashda, balki teri orqali so‘riladigan dori vositalari bilan birgalikda ham qo‘llash mumkin. Krem shuningdek, ochiq yaralarni himoya qila oladi va hatto, terining namlik saqlashiga ham yordam beradi. 

Tabiiyki, kosmetik korporatsiyalar ushbu vositani qo‘lga kiritish uchun milliardlar sarflashga tayyor bo‘ladi. Axir u millionlab ayollarni baxtli qila oladi. Terida hosil bo‘ladigan plyonka 250 foizgacha cho‘zilish xususiyatiga ega. Hatto o‘z terimiz ham 180 foizgagina cho‘zila oladi.

Mavzuga oid
Top