17:52 / 31.05.2016
3224

Toshkentda “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 31 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” aksiyasi poytaxtdagi Mirzo Ulug‘bek nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ushbu tadbirga mahallalarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyatalab, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlari, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari, maktab-internat o‘quvchilari hamda kichik yoshidanoq velosportga mehr qo‘ygan bolajonlar taklif etildi. 

40 nafar Mehribonlik uylari hamda 10 nafar Bolalar ijtimoiy moslashuvi Markazi tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, iqtidorli o‘g‘il-qizlarga eng so‘lim va bahavo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga bepul yo‘llanmalar berildi. Ijtimoiy himoyatalab oilalardan bo‘lgan 500 nafar bolajonlar esa rang-barang sovg‘alar, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar, istirohat bog‘idagi attraksionlarga bepul chiptalar bilan ta'minlandi. Bundan tashqari poytaxtdagi 199-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga kasaba uyushmalarining qimmatbaho sovg‘asi - zamonaviy muzlatgich hadya etildi.

Top